Venesuela prezidenti Nikolas Maduro unga nisbatan uyushtirilgan suiqasdga Kolumbiya rasmiylari aloqadorligi tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishga so‘z berdi. Bu haqda u Twitter’dagi videomurojaatida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Kolumbiya prezidentlik lavozimini tark etayotgan Xuan Manuel Santosning aloqador ekanligi yuzasidan jiddiy dalillarimiz bor”, — dedi janob Maduro videomurojaatida.
Venesuela prezidenti so‘zlariga qaraganda, suiqasdning bir nechta ijrochilari allaqachon qo‘lga olingan, uning tashkilotchilari qidirilmoqda. Maduro Kolumbiya hukumati terrorchilarni o‘z hududida tayyorlaganligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)