GM Uzbekistan Xalqaro press-klub materialida yangi avtomobil bakida qancha benzin bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Avtomobil bakidagi benzin hajmi model turiga qarab farqlanadi.
Masalan, Nexia R3, Cobalt va Gentra’da (J200) o‘n litr bo‘lishi lozim. Spark’da (M300) 8 litr, Matiz (M150) va Damas’da (B150) — 7 litr benzin bo‘lishi kerak.
Iyul oyi oxiridagi press-klub sessiyasida “O‘zavtosanoat” vakillarining ma’lum qilishicha, kompaniya yangi avtomobilni avtosalon eshigigacha yetkazilishini to‘lab beradi.
Xaridorlar dilerlardan bakda benzin bo‘lishini talab qilishi lozim, chunki hech qanday “haydab keltirish” bo‘lmaydi.
Izoh (0)