Samarqand shahridagi Kaftarxona bekatida yil davomida tirbandlik yuzaga keladi, ammo viloyat yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan hech qanday chora ko‘rilayotgani yo‘q, deya “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Erta tongdan boshlanadigan tirbandlik kun davomida kuzatiladi. Bekatga kelgan avtobuslar ham, qonuniy va noqonuniy taksilar ham istalgancha harakat qilib yo‘lovchilarni oladi. Samarqand-Panjikent yo‘lining asosiy qismi bo‘lgan bu yo‘lda yo‘l harakati qoidalariga umuman rioya etilmaydi.
Izoh (0)