Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati kelgusida Damas va Labo avtomobillarining o‘rnini bosuvchi, arzon va sifatli model ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Foto: Xalqaro press klub

Foto: Xalqaro press klub

“O‘zavtosanoat” AJ raisining o‘rinbosari Umidjon Salimovning ma’lum qilishicha, olti oy mobaynida O‘zbekiston aholisi tomonidan avtomobillarga bo‘lgan talab qariyb ikki baravarga oshgan.

“Hozir bizning prognozlarimiz bo‘yicha 210-220 mingta avtomobilga talab borligi ma’lum. Hoizrda biz marketing tizimini qayta ko‘rib chiqib, o‘rganib chiqmoqdamiz. Bu nafaqat yengil avtomobillarga, balki avtobus va yuk avtomobillariga ham taalluqli.

Hozirda mamlakatimizda tadbirkorlik yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Damas avtomobilini oladigan bo‘lsak, ushbu abtomobilga bo‘lgan talab so‘nggi olti oy ichida uch karra ortdi”, — deydi Umidjon Salimov.

“O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqov Damas avtomobili foydaga sotilayotganini ma’lum qildi.

“Asaka zavodi bugungi kunda og‘ir moliyaviy ahvolda ishlayotganining sababi, aytib o‘tganimizdek butlovchi qismlar qimmat narxga sotib olinadi. Biroq hamma avtomobil modellari zarariga sotilmayapti, foyda keltirayotganlari ham bor. Masalan, Damas faqat foyda evaziga sotiladi.

Hozirgi kunda bizga Damas avtomobiliga 100 mingta ariza kelib tushgan. Zavod yiliga 40 mingga yaqin Damas ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biz barcha imkoniyatimizni ishga solib, yiliga 50 mingga yaqin Damas ishlab chiqarishga erishishimiz mumkin. Kelgusida Damas’ning narxida yana ham sifatli modellarni olib kelishni rejalashtirganmiz. Yangi model Damas va Labo’ning o‘rnini bosadi, narxi ancha arzon bo‘ladi va sifat jihatdan yanada yaxshi bo‘ladi”, — deydi  “O‘zavtosanoat” AJ raisi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar