Navoiyda odamfurushlarning to‘rt nafar qizni Turkiyaga olib ketish rejasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda.
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ro‘yxatda tursa-da, Turkiyaning Istanbul shahrida yashab, ishlab yurgan D.H. Navoiyda istiqomat qiluvchi 4 qizga qo‘ng‘iroq qilib, ularga Turkiyada ish topib berishni va’da qilgan. So‘ng o‘z hisobidan ularga elektron chipta jo‘natgan.
— O‘zim xohlamagandim bu ishni qilishni, faqat anchadan buyon bu yerda ishsiz bo‘lib yurganim uchun uning gaplariga uchdim, mo‘may pul berishiga ishondim, — deydi qizlardan biri. — Pulga uchganim uchun juda ham pushaymonman.
Ayni paytda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)