Toshkent shahar hokimiyati keng ko‘lamdagi festivallar ketma-ketligini boshladi. Ulardan birinchisi “Chilla Fest — 2018” festivali 29-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tadbirlar “Lokomotiv”, “Anhor-Lokomotiv”, Central Park, Green Park, Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘larida o‘tkazildi. Attraksion va arg‘imchoqlarga qo‘shimcha ravishda axborot-ko‘ngilochar va hunarmandchilik hududlari tashkil qilindi.
“Chilla Fest—2018” soat 18:00 da Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tabrik nutqi bilan boshlandi. Hokim bunday tadbirlarning poytaxtning tashqi ko‘rinishiga ta’siri, aholining o‘z atrofidagi joylarni o‘zgartirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Jahongir Ortiqxo‘jayevning nutqi barcha beshta bog‘da o‘rnatilgan LED displeylari orqali jonli translyatsiya qilindi.
“Chilla Fest — 2018”ni o‘tkazish uchun 6 ta ivent-agentlik jalb qilingan.
Izoh (0)