Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Katta Vaxshivor qishlog‘ida 28—29-iyul kunlari baxshi-shoirlar, oqin va jirovlarning respublika festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Mamlakatda baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda beshta dostonchilik maktabi mavjud. Bular orasida Surxondaryo dostonchilik uslubi o‘ziga xos o‘ringa ega.
Katta Vaxshivor qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan baxshi-shoirlar, oqin va jirovlar ko‘rigi o‘ziga xos bayramga aylanib ketdi. Erta tongdan shomgacha qizg‘in davom etgan bellashuvni viloyatning turli hududlaridan kelgan muxlislar katta qiziqish bilan tingladi, olqishladi.
Izoh (0)