Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa sudi to‘rtta ingichka tayoqchalardan iborat Kitkat shokoladlarining shaklini Yevropa Ittifoqining savdo belgisi sifatida tan olmadi. Qaror Shveysariyaning oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nestle kompaniyasi tomonidan berilgan da’voni ko‘rib chiqish natijasida qabul qilingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berilishicha, Nestle avvalroq Yevropa Ittifoqi umumiy yurisdiksiyasi sudining 2016-yildagi qarori ustida appelyatsiya bergan. O‘sha qarorga ko‘ra, to‘rtta ingichka qismdan iborat shokolad shakli Yevropa Ittifoqining tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazila olmas edi, chunki u ittifoqning yetarli miqdordagi a’zo davlatlarida ommalashmagan edi.

Sud to‘rtta qismdan iborat shokolad ittifoqning o‘nta mamlakati: Daniya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniyadagi iste’molchilar orasidan tanilganligini tan olgan. Biroq u Belgiya, Gretsiya, Irlandiya va Portugaliyada yetarlicha tanilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda