Qoraqalpog‘istonning eng keksa kompaniyalaridan biri “Qoraqalpoqboyan” AJ o‘z aksiyalarining 30 foizini 3 milliard so‘mga sotmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.
“Qoraqalpoqboyan” Nukusda qizilmiya ildizini ishlab chiqaradi. 1963-yili tashkil etilgan. Korxona 16 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qiladi.
“Qoraqalpoqboyan” AJ 2 ming tonna siqilgan va 200 tonna 12 foiz namlikdagi saralangan qizilmiya ildizini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qiladi.
“Qoraqalpoqboyan” 1998-yildan e’tiboran aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Kompaniya aksiyadorlarining 75 foizi — O‘zbekistondagi jismoniy shaxslar, 25 foizi — xitoylik investorlar.
Izoh (0)