Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va o‘zining “V Kontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida videorolik e’lon qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasida iliq va do‘stona munosabatlar shakllangan. Bu munosabatlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining ruhiga to‘la mos keladi. O‘tgan yilning kuzida O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakat yetakchisi Shavkat Miromonovich, hukumat rahbarlari, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimlari bilan uchrashganman, korxonalar va har qanday musulmon kishi uchun muqaddas bo‘lgan joylarga borganman”, — deb yozgan Qodirov.
Checheniston rahbarining so‘zlariga qaraganda, Mirziyoyev bilan muloqot chog‘ida u O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar kutilayotganini his qilgan.
“O‘tgan davr bu bashoratlarning asosli bo‘lganini isbotladi. Men Shavkat Miromonovichni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklayman, mustahkam sog‘liq tilayman. Shuningdek, O‘zbekistonga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilab qolaman”.
https://www.instagram.com/p/BloJLrUHBmS/?utm_source=ig_web_copy_link
Izoh (0)