Venesuelada inflyatsiya million foizga chiqishi mumkin. Bu haqda Xalqaro valyuta fondining hisobotida ma’lum qilingan, deb yozmoqda “Exo Moskvi”.
Xalqaro valyuta fondi mutaxassislarining fikricha, 2018-yilda mamlakat iqtisodiyoti 18 foizga pastlaydi.
Mutaxassislar Venesueladagi giperinflyatsiyani Germaniyada Birinchi Jahon urushidan keyin kuzatilgan holatga qiyoslamoqda.
Ma’lumot uchun, Germaniyada tuzilgan Veymar respublikasida eng katta kupyura 100 trillion marka bo‘lgan, bitta non esa 430 milliard markadan sotilgan.
Izoh (0)