Yaman g‘arbidagi Xudayda portidan janubda Xays shahrida “Ansorulloh” harakati isyonchi-xusiylari tomonidan artilleriyadan o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Yamanning SABA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Agentlik manbasiga ko‘ra, isyonchi xusiylar tomonidan ularning Ra’s tog‘idagi pozitsiyalaridan otilgan uchta minomyot snaryadi Xays shahridagi uchta uyga tushgan. Oqibatda yetti kishi, jumladan, to‘rt nafar bola, ikki ayol va bir nafar erkak kishi halok bo‘lgan. To‘rt kishi turli darajadagi og‘irlikdagi jarohat olgan.
Xays shahri aholisi 23-iyul, dushanba kuni Yaman milliy armiyasidan Ra’s va al-Mujasha’ tog‘larida qolgan jangarilarni ta’qib etishni talab qilib namoyishga chiqqanligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)