2019-yildan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga masofadan turib, onlayn hujjat topshirish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Xalqaro press-klubning 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
Ushbu tajribani joriy yil Toshkent davlat yuridik universiteti qabul jarayonida sinab ko‘rdik. Bunga texnik imkoniyatlarimiz yetdi. Demak, ishonch bilan ayta olaman, kelasi yildan barcha universitetlarda onlayn qabul bo‘ladi.Inomjon Majidov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
Izoh (0)