“Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi, deb yozmoqda Sputnik.
Farmonga ko‘ra, Oliy sud veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to‘lash bo‘yicha amaldagi imtiyozlar va davlat boji stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi.
2018-yil 1-avgustdan boshlab sud tizimi xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi.
Farmonga asosan, sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, sud apparati hamda Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflar kiritilishi nazarda tutilgan.