“Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida “Xavfsiz daryo” DUK tashkil etildi.
“Xavfsiz daryo” DUKning asosiy vazifasi etib shu jumladan daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalanishi lozim bo‘lgan daryo o‘zanlarining ro‘yxati Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari tomonidan shakllantiriladi.
Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatdagi maydonlarda daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlarni jalb qilish “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan “Ye-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida tanlov yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari mavsumiy tarzda, yer uchastkalari ajratilmagan holda amalga oshiriladi.
Izoh (0)