6-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan mamlakatning Soliq (moliya) surishtiruvlari organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashiga a’zo bo‘lishga tayyorligi haqida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasiga nota yuborgan. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yil 15-sentabrda O‘zbekiston delegatsiyasi tashkilotning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qatnashgan. Delegatsiyaga Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Akmal Rahmonov raislik qilgan.
Keyinchalik Departament va MDH ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida muzokaralar olib borilgan. Natijada 2013-yil 31-may kuni O‘zbekiston MDH hukumat rahbarlari kengashining “MDHga a’zo mamlakatlar soliq (moliya) surishtiruvlari organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi to‘g‘risidagi Nizom”ning yangi tahririni imzolagan.
Shuningdek, 5-iyul, payshanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 1997-yil 28-mart kuni qabul qilingan “MDHga a’zo mamlakatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari Kengashi” to‘g‘risidagi qarorga qo‘shilish to‘g‘risida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasiga nota yuborgan.
2016—2018-yillarda O‘zbekiston boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘lgan.
Izoh (0)