Rossiyadagi Janubiy Saxalin shahri tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sakhalin Media axborot agentligiga tayanib, “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Aybdor — 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi. U Rossiya Jinoyat Kodeksining 282-moddasi 1-bandi, ya’ni, omma orasida nafrat va dushmanlik kayfiyatini uyg‘otish, inson qadr-qimmatini toptashda ayblanmoqda.
Tergov natijasida ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi 2015-yilning iyul oyida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida odamlarni ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, kelib chiqish bo‘yicha ajratish bilan bog‘liq fikrlarini yozib qoldirgan.
Psixologik va lingvistik tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatganki, aybdor ijtimoiy tarmoq orqali bir din vakillarida ikkinchi din vakillariga nisbatan dushmanlik kayfiyatini uyg‘otishga intilgan. Bundan tashqari, aybdor odamlar ongiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilgan va shu orqali ularni zo‘ravonlikka undagan.
Hozirgi paytda jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Izoh (0)