2018-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2017-yil iyun oyida Bishkek shahridagi muloqotning so‘nggi majlisi hamda 2018-yil mart oyida Toshkent shahridagi vazirlarning norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” shaklida turli darajagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Uchrashuvda terrorizm bilan kurash va zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olishda hamkorlikni faollashtirish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiyalar tomonidan chegarani boshqarish, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)