Ukrainaning Dnepr shahrida 6-iyulga o‘tar kechasi ikki nafar noma’lum kishi bir erkakka ko‘p qavatli uyning hovlisida hujum qildi va uning telefonini olib ketdi. Ularni o‘g‘irlangan telefonga qo‘ng‘iroq orqali topishga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u — gitarachi va repetitsiyadan keyin o‘z uyi oldida ichimlik ichmoqchi bo‘lgan.
Shunda unga ikki kishi yaqinlashib kelgan va bir necha marta zarba bergan. Ular gitarachining bitta telefonini olib ketgan, ikkinchi telefon esa erkakning tagida qolib, singan.
Shundan so‘ng politsiyaga murojaat qilingan. Politsiya hududni aylanib chiqish chog‘ida ikki nafar shubhali erkakni ko‘rib qolgan, ularga yaqin borib, jabrlanuvchi tomonidan berilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilgan. Erkaklarning yonidagi telefon jiringlagan, ular politasiyani ko‘rib, o‘g‘irlangan telefonni yashirishga uringan. Talonchilar qo‘lga olingan.