Roxinja elati vakillari Myanma rasmiylari tomonidan ko‘p sonli huquqbuzarliklar sababli mamlakatni tark etishni davom ettirmoqda. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn BMT Kengashining 38-sessiyasida ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Roxinja elatining minglab vakillari Rakxaynni tark etishda davom etmoqda. Iyun oyi o‘rtalari ma’lumotiga ko‘ra, Bangladeshga 11 432 kishi kirib kelgan. Aprelda 140 nafar roxinja markaziy Rakxaynni qayiqlarda tark etgan va Malaziya va Indoneziya sohillariga yetib olgan. Shu qayiqlardan biridagi o‘n kishi halok bo‘lganligi xabar qilinmoqda”, — dedi u.
Al-Husaynning so‘zlariga qaraganda, yangi qochoqlar zo‘ravonlik, inson huquqlarini taqib etish va buzish, jumladan, odam o‘ldirish va roxinja uylariga o‘t qo‘yishlar davom etayotganligini tasvirlab bergan. Shuningdek, kishilarning yo‘qolib qolayotganligi ma’lum qilingan.
BMT Oliy komissari shu munosabat bilan BMT Xavfsizlik Kengashini roxinja elatiga nisbatan amalga oshirilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid bo‘yicha barcha gumonlarni tekshirish uchun Myanma ishini zudlik bilan Xalqaro jinoyat sudiga topshirishga chaqirdi.
Izoh (0)