81 yoshli janubiy afrkalik Juliya Albu qizini ko‘rish uchun Keyptaundan Londonga o‘zining 20 yillik Toyota Corolla mashinasida bordi. Yo‘lning umumiy uzunligi 12 070 kilometrni tashkil qildi. Bu haqda Car Throttle’ga tayanib, “Motor” xabar bermoqda.
Juliyaga sayohat haqidagi fikr radio tinglash jarayonida kelgan. O‘shanda mahalliy radiostansiyalardan birida taniqli jamoat arbobining yangi mashinasini necha pulga sotib olgani muhokama qilinayotgan edi. Juliya jonli efir vaqtida radioga qo‘ng‘iroq qilgan hamda o‘zi va Toyota’sining yoshini qo‘shib hisoblasa, 100 yil chiqishini, biroq shunga qaramasdan, ikkisi ham ajoyib holatda ekani, hatto yaqinda Londonga sayohat qilishini aytgan.
Shundan so‘ng Juliyaga uning do‘stlaridan juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan va uning yo‘lga otlanishdan boshqa iloji qolmagan.
Londonga yetib kelgach, Juliya Toyota ofisiga intervyu bergan va uning mashinasi hammasidan ham zo‘r ekani, uni boshqasiga almashtirmasligini aytgan. U duch kelgan yagona muammo Uganda yo‘lida mashina g‘ildiragining bo‘shab qolgani bo‘lgan.
Izoh (0)