Janubiy Afrika Respublikasidagi “Kragga Kamma” qo‘riqxonasida brakonyerlar noyob korkidonning urg‘ochisini uning bir santimetrlik shoxi uchun o‘ldirdi. Bu haqda The Times’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avvalroq qo‘riqxona xodimlari korkidonni brakonyerlardan himoya qilish maqsadida shoxini kesib tashlagan. Biroq bu chora uning hayotini qutqarib qolmadi.
“Haligacha ishongim kelmaydi, tushunolmayapman qanday qilib bir santimetrlik shox uchun hayvonni o‘ldirish mumkin. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat, do‘stlar. Siz ham biz kabi tushkun ahvolda ekaningizni bilamiz”, — deydi qo‘riqxona egasi Ayesha Kentor.
Ma’lum qilinishicha, janub oq korkidonining urg‘ochisi, 20 yoshli Bella brakonyerlarning o‘ljasiga aylangan. Uning 4 nafar bolasi bo‘lgan. Bolalardan eng kichigi onasining o‘lganini bilgach, yarim kun yig‘lagan.
Ma’lumki, Afrika xalqlari oq korkidonlarning shoxi mo‘jizakor kuchga ekaniga ishonadi. Shuning uchun oq korkidonlar bu yerlarda doimiy ravishda o‘ldiriladi.
Avvalroq Keniyada shimol oq korkidonining erkagi 45 yoshda o‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)