Rossiyaning Lipetsk viloyatida 2 ta yengil avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 2 nafar bola va 3 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Lipetsk viloyati shoshilinch xizmati ma’lumotlariga tayanib, “RIA-Novosti” xabar bermoqda.
YTH oqibatida 6 kishi jarohat olgan, ulardan 5 nafari halok bo‘lgan. Bir nafar bola shifoxonaga olib ketilgan. YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Rossiya ichki ishlar vazirligi Lipetsk viloyati boshqarmasining saytida keltirilishicha, YTH 1-iyul, yakshanba kuni Kotovka qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Volkswagen Passat va Hyundai Sonata avtomobillari to‘qnashgan.
Izoh (0)