O‘zbekistonning eng eski va nufuzli gazetalaridan biri — “O‘zbekiston ovozi” 100 yoshga to‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan tahririyat jurnalistlar o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazdi. Musobaqa respublika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabida bo‘lib o‘tdi.
Turnir so‘ngida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempioni Islombek Sindarov 13 doskada jurnalistlar bilan yolg‘iz o‘zi dona surdi.
Izoh (0)