Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Meksikaning Syudad-Xuares shahrida milliy terma jamoaning futbol bo‘yicha JCh-2018 da Janubiy Koreya bilan o‘yinini tomosha qilish uchun to‘plangan 6 kishi o‘ldirildi. Bu haqda La Vanguardia xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Nashrga ko‘ra, 6 nafar og‘ayni garajdagi televizor qarshisida o‘yinni kuzatish uchun yig‘ilganda bu yerga noma’lum qurolli shaxslar bostirib kirib, ularga qarata o‘q uzadi.

Qo‘shnilar politsiyani chaqirdi, biroq jinoyatchilarni topishga hozircha muvaffaq bo‘linmadi. Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Syudad-Xuares mamlakatning eng xavfli shaharlaridan biri bo‘lib, iyun oyining shu kunigacha bu yerda 116 ta qasddan qotillik sodir etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak