Yamanda “Ansorulloh” isyonchi shia harakati bilan janglar olib borayotgan hukumat armiyasi hozirgi paytda mamlakat hududining 85 foizini nazorat qilmoqda. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakili, general Abdu Majli ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, hukumat kuchlari 19-iyun, seshanba kuni Arab mamlakatlari koalitsiyasi HHK ko‘magida Xudayda shahri aeroporti ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga erishgan. Majli harbiylarning navbatdagi maqsadi Xudayda shahrining o‘zi va dengiz portini ozod etish ekanligini ta’kidladi.
“Biz, qonuniy hukumat, bugungi kunda Yaman respublikasi hududining 85 foizini nazorat qilmoqdamiz. Eron rejasini amalga oshirayotgan xusiylar nazorati ostida atigi 15 foiz hudud qoldi”, — dedi general.
Xudayda aeroporti uchun janglar 17-iyun, yakshanba kunidan buyon olib borilayotgan edi.
Izoh (0)