2018-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra Rossiyada O‘zbekiston ishlab chiqargan 749 mingta avtomobil bo‘lgan. Bu haqda “Avtostat” agentligiga tayanib, Spot xabar bermoqda.
Rossiyada jami 42 millionga yaqin yengil avtomobil borligini hisobga oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston mahsuloti umumiy miqdorning 1,5 foizini tashkil qilishi ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Rossiyaga Fransiya (725 ming), Ukraina (473 ming), AQSh (432 ming) va Chexiyaga (429 ming) nisbatan ko‘proq avtomobil sotgan.
Izoh (0)