AQSh Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi to‘g‘risidagi kelishuv doirasida Pxenyanga 47 ta banddan iborat talablarini qo‘ydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Kononing aytishicha, talablar butunlay bajarilgan taqdirdagina AQSh sanksiyalarni bekor qilishi mumkin. Shuningdek, Kono Shimoiy Koreyaning xavfsizligini ta’minlash masalasi hamon muhokama bosqichida ekanini ma’lum qilgan.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri AQSh qo‘shinlari mamlakat butunlay yadrosizlantirilishiga qadar Shimoliy Koreyada qolishini aytgan.
Izoh (0)