Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada davom etayotgan Jahon Chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Marokash hamda Eron terma jamoalarining 1-tur doirasidagi uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda Eron kichik 1:0 hibobida g‘alaba qozondi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limi nursiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham Marokashning hujumlari bilan boshlandi. Eron esa tartibli himoyalanishda davom etdi. 80-daqiqada Marokash hujumchisi Hakim Ziyachning kuchli zarbasini darvozabon Ali Beyranvand katta qiyinchilik bilam bartaraf etdi.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda, Aziz Buxadduz avtogol muallifliga aylandi.

Shu tariqa Karlush Keyrush shogirdlari muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Birozdan so‘ng guruning asosiy favoritlari Portugaliya hamda Ispaniya o‘zaro 1-tur bellashuvida kurash olib boradi.

Jahon Chempionati

“B” guruhi, 1-tur bellashuvi

15-iyun, juma

Marokash — Eron 0:1

Gol: 0:1—90+4, avtogol  Aziz Buxadduz

Marokash: Munir al-Kajui, Ashraf Hakimi, Mehdi Benatia, Romain Sais, Hakim Ziyach, Karim al-Ahmadi, Yunus Belanda, Mubarak Bussufa, Nuriddin Amrabat (Sofyan Amrabat 76), Amin Xarit (Manuel da Koshta 82), Ayub al-Kaabi (Aziz Buxadduz 77).

Eron: Ali Beyranvand, Ehson Xojisafi, Ruzbeh Chashmi, Murtazo Puraliganji, Ramin Rizoyan, Masud Shojai (Mehdi Taremi 68), Omid Ibrohimi (Peyman Montazeri 79), Vohid Amiri, Karim Ansarifard, Alirizo Jahonbahsh (Saman Ghoddos 85), Sardor Azmun.

Ogohlantirishlar: Masud Shojai (10), Karim al-Ahmadi (34), Alirizo Jahonbahsh (47), Karim Ansarifard (90)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi