National Geographic dunyodagi eng tor ko‘chalar reytingini e’lon qildi.
3-o‘rin: Klanchich
Agar siz klaustrofobiyaga (tor va yopiq xonalardan qo‘rqish) chalinmagan bo‘lsangiz, Xorvatiyadagi Vrbnik shahri sizga yoqishi aniq. Shaharning aksariyat ko‘chalari shu darajada torki, mashina yoki motosiklda yurishning iloji yo‘q. Bu ko‘chaga hattoki piyodaning ham sig‘ishi qiyin masaladir. Reytingdagi uchinchi o‘rin — Klanchich ko‘chasi. Eng tor qismining eni bor-yo‘g‘i 43 santimetrni tashkil qiladi.
2-o‘rin: Shproyerxofshtrase
Ko‘cha Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Roytlingen shaharchasida joylashgan. Shproyerxofshtrase ko‘chasining eng keng qismi — 50 santimetr, eng tor qismi 31 santimetrni tashkil qiladi. Ko‘cha rasman 1727-yili yirik yong‘indan keyingi tiklash ishlari natijasida paydo bo‘lgan va hujjatlarda “77-raqamli ko‘cha” sifatida ro‘yxatga olingan.
1-o‘rin: Androuno
Reytingning chempioni — Androuno ko‘chasi Fransiya janubi-sharqida, mashhur Sen-Trope turistik hududi yaqinida joylashgan. Ko‘chaning eng tor qismining eni 29 santimetrga teng.
Izoh (0)