AQSh prezidenti Donald Tramp qulay vaqtda Pxenyanga tashrif buyurishga so‘z berdi va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tarixda ilk Amerika—Shimoliy Koreyaning Singapurdagi sammiti yakunlari bo‘yicha Oq Uyga tashrif buyurish taklifini qabul qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Trampning so‘zlariga qaraganda, Kim Chen In Oq Uyga biroz keyinroq, qulay vaqtda tashrif buyuradi.
12-iyun, seshanba kuni Singapurda AQSh—Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Sentosa orolidagi “Kapella” mehmonxonasida mamlakatlar yetakchilari yakuniy hujjatni imzoladi. Tramp va Kim Chen In hujjatni “kompleks” deb atadi.
Izoh (0)