Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Andijon viloyati Asaka tumanida O‘zbekiston Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” shiori ostida aholiga imtiyozli kredit ko‘rinishida moliyaviy ko‘mak berish maqsadida tuman hokimligi, biriktirilgan sektor rahbarlari va tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Har bir sektorda ishchi guruhlar tashkil qilindi va ular tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi aholiga yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida mahalla fuqaro yig‘inlari rahbarlari bilan birgalikda xonadonlarga tashrif amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va aholini tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “O‘zmilliybank” va tuman hokimligi tashabbusi bilan tuman markazida ta’minotchi korxonalarning mini ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada tumandagi mahalliy ta’minotchilar bilan bir qatorda, Toshkent va Andijon shaharlaridan tashrif buyurgan ta’minotchi korxonalar ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Xorijda va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi kichik uskunalar, tikuv dastgohlari va agrotexnikalar namoyish qilinmoqda.

Mini texnologiyalar ko‘rgazmasida Asaka tumani mahallalarining ixtisoslashuviga ko‘ra, issiqxonalar, parrandachilik, tikuvchilik va duradgorlik moslamalaridan na’munalar mavjud.

Bu yerda ta’minotchi korxonalar o‘z mahsulotlarining xususiyatlari, qulayliklari va daromadliligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berish bilan birgalikda, tashrif buyuruvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishmoqda.

Shu bilan birga ko‘rgazmada, aholini tadbirkorlik faoliyatini ilk bosqichida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan biznes g‘oyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, asbob-uskunalar va ta’minotchi korxonalar to‘g‘risidagi brashyura va tezislar va boshqa shu kabi qo‘llanmalar o‘rin olgan.

Ko‘rgazma doirasida “O‘zmilliybank” tomonidan bir nechta tadbirkorlik yo‘nalishlarida loyihaning daromadliligi tahlili yoritilgan stendlar tashkil qilingan. Bu stendlar orqali fuqarolar o‘zlari tanlagan tadbirkorlik yo‘nalishlari daromadliligini o‘rganib olishlari hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati bilan qiziqqan barcha fuqarolarimizni, Asaka tumani, Ergashobod MFY, Andijon ko‘chasida joylashgan “Asaka xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji” binosida tashkil qilingan mini ko‘rgazmaga taklif qilamiz.

Reklama huquqi asosida!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi