Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Stavropol o‘lkasiga keldi. Bu yerda u Rossiya prezidenti ma’muriyati, o‘lka hukumati, munitsipalitet va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi, deya ma’lum qildi Stavropol televideniyesi.

Foto: Stavropol televideniyesi

Foto: Stavropol televideniyesi

Mehriddin Xayriddinov O‘zbekistonda turizm va aholini sog‘lomlashtirish, jumladan, sihatgohlarni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilayotganini qayd etdi. Ulardan ayrimlari Rossiya hududida joylashgan. Xususan, Kislovodskdagi “O‘zbekiston” sanatoriysi. Uning yillik quvvati hozirda 75-80 foizga foydalanilmoqda.

— “O‘zbekiston” sanatoriysi nafaqat respublika fuqarolarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan ijtimoiy, balki iqtisodiy va moliyaviy foyda keltiradigan investitsiyaviy loyihaga ham aylanish istiqbollariga ega, — ta’kidladi Kislovodsk meri Aleksandr Kurbatov.

Bosh konsul o‘lka mutasaddilari bilan iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, mintaqada O‘zbekiston kunlarini o‘tkazishga qaratilgan protokol takliflarini imzoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...