9-iyun kuni Toshkentda Muqimiy — Arnasoy (sobiq “Pionerskaya”) ko‘chalari kesishmasidagi chorrahani qaytadan ochish bo‘yicha ishlar boshlandi, deb xabar beradi “Repost.uz”.
Ayni vaqtda bu yerda texnikalar ishlamoqda, yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqlar olib tashlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur chorraha ikki yil oldin, Muqimiy ko‘chasida joylashgan yo‘l o‘tkazgichni rejalashtirish vaqtida yopilgan edi. Hafta boshida Muqimiy — Qatortol kesishmasidagi chorraha ham ochilgan edi.
Izoh (0)