Tunisning janubi-sharqiy qirg‘og‘ida 3-iyun, yakshanba kuni cho‘kib ketgan qayiqda halok bo‘lgan noqonuniy muhojirlar soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda “Sinxua”ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq, 48 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan.
Tunis ichki ishlar vazirligi vakilining bergan ma’lumotlariga qaraganda, qurbonlarning 31 nafari—tunislik, 22 nafari—boshqa mamlakat fuqarolari. Qurbonlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Voqea joyiga yetib kelgan milliy gvardiya va harbiy-havo kuchlari bo‘linmalari 68 nafar muhojirni qutqarib qolgan.
Qayiqning halokatga uchragani to‘g‘risidagi signal 2-iyun, shanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 22:45 da kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Kongo demokratik respublikasining shimolida qayiqning ag’darilib ketishi oqibatida 49 kishi cho‘kib ketgan edi.
Izoh (0)