Tojikiston bosh muftiysi Saidmukarram Abdulqodirzoda Dushanbe shahrida o‘tkazilgan juma namozi vaqtida boks va qoidasiz jang harom hisoblanishi, ya’ni islom nuqtai nazaridan taqiqlanganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kabar”.
“Boks va qoidasiz jang diniy nuqtai nazardan harom hisoblanadi, nega deganda, salomatlikka ziyon yetkazadi, insonni nogiron qilib qo‘yishi mumkin”, — deydi Abdulqodirzoda.
Muftiy, shuningdek, pul tikiladigan o‘yinlar va janglarning barcha turlari harom hisoblanishini qo‘shimcha qilgan. “Vaqtni aql va jism uchun foydasiz, yaʼni behuda sarfalashadi. Bu harom”, — deb taʼkidlagan muftiy.
Abdulqodirzodaning fikricha, yoshlar sog‘liq uchun xavfsiz sport turlari bilan shug‘ullanishi lozim. “Masalan, kurash ham jisman, ham maʼnan insonni rivojlantiradi”, — deydi muftiy.
Izoh (0)