O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 1-o‘rinbosari Sobirjon Shukurov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Pekin shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Birinchi media-sammitida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “Daryo”ga xabar berdi.
1-iyun, juma kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va Xitoy davlat kengashi matbuot devonxonasi o‘rtasida ikki davlat ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida 5 yil muddat davom etishi nazarda tutilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlarining ma’ruzalari tinglandi. Xususan, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 1-o‘rinbosari Sobirjon Shukurov bugungi kunda O‘zbekistonda OAV sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. “Sinxua” axborot agentligi bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Xitoy markaziy televideniyesi — SSTV bilan O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi, “Jenmin jibao” bilan “Xalq so‘zi”, “Pravda Vostoka” nashrlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash haqida kelishildi.
Izoh (0)