Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko o‘ldirilishining sahnalashtirilishi huquq-tartibot organlariga nafaqat uning hayotini saqlab qolish, balki “Rossiya maxsus xizmatlarining potensial qurbonlari” bo‘lgan 30 kishining ismlari ro‘yxatini qo‘lga kiritish imkonini berdi. Bu haqda 1-iyun, juma kuni Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Bild gazetasiga ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
“Bu soxta yangiliklar emas, maxsus operatsiya edi. Uning yordamida biz jurnalistning hayotini qutqarib qoldik. Bu Ukraina qonunchiligiga to‘liq muvofiq edi”, — deya ishontiradi Lutsenko.
U Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya tomoni o‘ldirilishini buyurtma qilgan 30 kishilik ro‘yxat mavjudligi haqidagi dalillarga ega bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.
“Maxsus operatsiya tufayli (Babchenko o‘ldirilganligini sahnalashtirish orqali) ko‘plab kishilarning hayotini saqlab qolishga erishdik”, — deya ta’kidladi Ukraina bosh prokurori.
Izoh (0)