Angliyada har yilgi an’anaviy Kupersxild pishloq poygasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda TJournal.
Poyganing sharti shundan iboratki, qatnashchilar tepalikdan dumalatilgan Gloster pishlog‘iga yetib olishi kerak. Finishga birinchi bo‘lib yetib kelgan qatnashchiga sovg‘a sifatida aynan o‘sha pishloqning o‘zi beriladi.
Musobaqa 200 yildan buyon o‘tkaziladi. Poyga vaqtida bo‘yin, bel, oyoq, qovurg‘a va qo‘llar jarohat olishi mumkin. Shuning uchun, musobaqa vaqtida “Tez yordam” mashinasi navbatchilik qiladi. Ko‘pchilik pishloq poygasini dunyodagi eng ahmoqona tadbirlardan biri deb hisoblaydi. Musobaqani bir necha bor taqiqlamoqchi bo‘lishgan, biroq urinishlar samara bermagan.
Izoh (0)