Afg‘onistonning maxsus kuchlari tomonidan “Tolibon” harakati nazorati ostidagi qamoqxonadan kamida 105 kishi ozod qilindi. Bu haqda Tolo News telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Harbiy bo‘linma 31-may, payshanbaga o‘tar kechasi mamlakat janubidagi Hilmand viloyatining Kajaki tumanida maxsus operatsiyani amalga oshirgan. Ozod qilinganlarning barchasi — tinch aholi vakillari. Ulardan 5 nafari — ayol kishilar.
Jangarilardan to‘rt nafari yo‘q qilingan, bittasi qo‘lga olingan, shuningdek, xavfsizlik kuchlari tomonidan operatsiya vaqtida 10 ta mototsikl olib qo‘yilgan.
Izoh (0)