AQSh 11-iyundan e’tiboran Xitoy fuqarolariga viza berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yangi qoidalarga asosan, AQSh hukumati vizalar muddatini cheklab qo‘yadi.
Xususan, robototexnika, aviasozlik va ilg‘or texnologiyalar sohalarida tahsil oladigan talabalarning vizalari muddati bir yil etib belgilanadi.
Shuningdek, AQSh savdo-sotiq vazirligi ro‘yxatidagi korxonalarda ishlaydigan Xitoy fuqarolari viza uchun bir nechta agentliklardan maxsus ruxsatnoma olishi kerak. Buning uchun esa bir necha oylar ketadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zgartirishlar milliy xavfsizlik strategiyasi doirasida qabul qilingan bo‘lib, intellektual mulkning raqiblarga o‘tib ketishining oldini olishga qaratilgan. Viza berish tartibi bilan bog‘liq jarayonlarga o‘zgartirish kiritilmagan.
Izoh (0)