Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘zbek xalqining yozma merosiga bag‘ishlangan, “Ko‘k turk yozuvi XXI asrda” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Daryo” vakili qatnashdi.
Universitetning ko‘rgazmalar zalida qadimgi turkiy yozuvni o‘zida aks ettirgan buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda universitet o‘qituvchilari, talabalar, OAV vakillari va boshqa tashkilotlardan mehmonlar qatnashdi.
Tadbir tashkilotchilari universitetning qadimgi turkiy til o‘qituvchilari M. Rahmatov, M. Yo‘ldoshev, D. Mahkamovalar bo‘ldi. Ularning rahbarligi ostida talabalar turli zamonaviy buyumlarga eskilik bo‘yog‘ini berib, ularga qadimgi turkiy yozuv namunalarini tushirdi. Bu ishda turli buyumlar, jumladan, sopol idishlar, cho‘michlar, oshxona buyumlari, kanselyariya mollari, futbolkalardan foydalanildi. Ta’kidlanishicha, namoyish etilgan barcha buyumlar talabalarning fantaziyasi bilan yaratilgan.
Izoh (0)