25-may kuni Avstraliyada Vivid Sydney festivaliga start berildi. Festival 16-iyunga qadar davom etadi. An’anaga ko‘ra, festival vaqtida Sidney musiqa va chiroqlardan iborat installyatsiyalarga burkangan makonga aylanadi. TJournal ushbu festivalning Instagram tarmog‘ida tarqalgan ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Installyatsiyalardan tashqari bu yerda o‘yinlar, dizayn, biznes va kundalik hayotning boshqa sohalariga oid ma’ruza va master-klasslar bo‘lib o‘tadi. Ularning aksariyati pulli hisoblanadi (7,5 dollardan 440 dollarga qadar).
2018-yilda Vivid Sydney o‘zining o‘n yilligini nishonlaydi. Festival asoschilarining so‘zlariga qaraganda, ular avvaliga san’atdan barcha — kelib chiqishi va ma’lumotidan qat’iy nazar bahramand bo‘lishlari uchun harakat qilgan.
Izoh (0)