G‘azo sektorining janubiy qismida Isroil artilleriyasi hujumi oqibatida ikki falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi tufayli boshlangan tartibsizliklar, kichikroq ko‘lamda bo‘lsa ham, davom etmoqda. Isroil qurolli kuchlari falastinliklarning noroziliklarini bostirish uchun tezkor otryadlar va chegara qo‘shinlaridan foydalanib kelgan bo‘lsa, endi tanklarni va aviatsiyani ishga soldi. Jumladan, mamlakat harbiy-havo kuchlari Twitter’dagi sahifasi orqali XAMASning G‘azo sektoridagi marralariga aviazarbalar berganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Rafah sharqidagi nazorat minorasi tanklar tomonidan o‘qqa tutildi. Obyekt G‘azoda humkron mavqega ega bo‘lgan XAMAS guruhiga tegishli edi.
Izoh (0)