28–30-may kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
U “Primakov o‘quvlari” an’anaviy xalqaro forumida ishtirok etadi hamda nutq so‘zlaydi.
Shuningdek, Moskva shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi kutilmoqda.
“Primakov o‘quvlari” — xalqaro iqtisodiyot, xalqaro siyosat ekspertlari, diplomat va siyosatchilar ishtirokida o‘tadigan yirik xalqaro forum bo‘lib, har yilik Moskva shahrida o‘tkaziladi. 2015-yildan buyon o‘tkazilib kelinadigan tadbirda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama etiladi.
Izoh (0)