Farg‘ona islom huquqi maktabida viloyatdagi 198 ta rasmiy masjid imom-xatiblari va imom-noiblari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfutdinov va boshqa taniqli ulamolar qatnashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Seminarda imom-xatiblarning din borasidagi savollarga aniq va ravshan, Qur’on oyatlari va hadislar asosida javob berish borasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
“Aqoid ilmi va unga oid masalalar”, “Usuli fiqh: shar’iy dalillardan amaliy hukmlarni chiqarishdagi o‘ziga xos qonun va qoidalar”, “Islom dinida jihod, hijrat, takfir, xalifalik masalalari, bu boradagi soxta da’volarga raddiyalar”, “Markaziy Osiyodagi tasavvuf va tariqat yo‘nalishlari”, “Islom dinida mo‘’tadillik: odamlar muammolarini hal etish, ularga yaxshilik qilish ham ibodatdir”, “Aqidada adashgan ayrim oqimlar xususida” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Izoh (0)