Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Migratsiya XXI asr” fondi prezidenti Vyacheslav Postavnin sobiq SSSR fuqarolariga alohida maqom berilishi haqidagi qarorni olqishlash lozimligi ta’kidladi, deb xabar berdi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Ilgariroq Rossiyada fuqaroligi yo‘q shaxslarga — SSSRda tug‘ilgan, Rossiya hududida 15 yildan ortiq muddat yashagan, ozodlikka chiqqan mahbuslarga, Rossiyaga bolaligida ko‘chib kelib, Rossiya pasportiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yangi hujjatlar berilishi haqida xabarlar tarqalgandi

“Yangi guvohnoma fuqaroligi yo‘q shaxslarga mamlakatda qonuniy yashash imkoniyatini beradi”, deb xabar qilmoqda “Izvestiya” nashri Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarma rahbari o‘rinbosari Valentina Kazakovaga tayangan holda.

Rossiya IIV tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi “fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjat berilishini” nazarda tutadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomga ega bo‘lmagan odamlarga keyinchalik Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma olish imkonini yaratadi.

“Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yangi maqom 10 yil kechiktirilib kiritilmoqda”, deb hisoblaydi “Migratsiya XXI asr” jamg‘armasi prezidenti Vyacheslav Postavnin. Uning so‘zlariga ko‘ra, u sobiq sovet respublikalaridan qachonlardir Rossiyaga kelgan va qator sabablar tufayli Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan migrantlarga taalluqli.

“2007-yilda 1992-yildan keyin Rossiya fuqaroligini olgan odamlarni tekshirish boshlangan edi, ular asosan qardosh respublikalardan turli sabablarga ko‘ra qochishga majbur bo‘lgan etnik ruslar edi. Ma’lum bo‘ldiki, ularning aksariyatining hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilmagan — bunda ularning o‘zlarining yoki Federal migratsiya xizmatining xatoliklari bor edi. Shundan so‘ng butun boshli oila fuqarolikdan mahrum etilgan, ammo bu odamlar qanday maqomni olishi masalasi haqida hech kim hatto bosh qotirmagan. Ular ortga ham qaytolmasdi, axir ular na Qozog‘iston, na O‘zbekiston va na Tojikiston fuqarolari emasdi”, — deydi Postavnin.

Shu bois uning fikricha, Rossiyada yashab kelayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun alohida maqomni tatbiq etish qarori, kechikkan bo‘lsa-da, ammo o‘ta muhim qaror.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi