• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nukusda pedagogika institutining 37 talabasi o‘qishdan chetlatildi. Bunga hujjatlardagi kamchiliklar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda

    Nukus davlat pedagogika instituti maxsus sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan, shartnoma pulini to‘lagan, ma’lum muddat o‘qigan 37 talaba birinchi bosqichni tugatmay turib o‘qishdan chetlashtirildi. “Xabar.uz” mazkur holatga oydinlik kiritishga harakat qildi.

    Foto: “Makan.uz”

    Foto: “Makan.uz”

    O‘qishdan chetlatilganlardan biri — Zebo Yusupbayeva O‘zbekiston Prezidenti nomiga maktub yo‘lladi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

    “Men, Yusupbayeva Zebo Azod qizi, 1990-yil 24-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tug‘ilganman. Sizga boshimizga tushgan muammo yuzasidan umid bilan murojaat qilmoqdaman.

    2017-yili Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti maxsus sirtqi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinganman. 2017-yil oktabr oyida kontrakt pulini o‘tkazish uchun shartnoma tuzildi. Shartnoma talablari asosida avval pulning yarmini, qolgan qismini esa 2018-yil 1-martdan oldin kerakli hisob raqamiga o‘tkazdik.

    2008-yildan Ellikqal’a tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 12-maktabda ishlab kelmoqdaman. Oilam, 2 nafar farzandim bor. Institut tomonidan ikki marta: 2017-yil 1-noyabrdan 14-noyabrgacha, 2018-yil 3-yanvardan 14-yanvargacha o‘qishga chaqiruv ma’lumotnomasi kelgach o‘qishga bordim. O‘qishga muntazam qatnashdim.

    2018-yil 14-yanvarda 1-semestrni yakunlab, barcha imtihonlarni topshirib bo‘lgach, 15-yanvar kuni 2-sessiya oraliq topshiriqlarini olib uyga qaytdik. Olgan oraliq topshiriqlarimni yozib tugatib, 2018-yil 15-martda topshirdim.

    Bundan oldinroq, 2018-yil 14-mart kuni menga telefon orqali 15-mart kuni mehnat daftarchamni olib Nukus davlat pedagogika institutiga hujjatlarimga aniqlik kiritish maqsadida chaqirishdi.

    O‘sha kuni ertalab bordim. U yerga jami 37 ta talaba taklif qilingan ekan. Borganimiz haqida ikkita hujjatga imzo qo‘ydirib hammamizni bir xonaga kirgizishdi. Keyin bittadan qo‘llaridagi ro‘yxatga asosan boshqa xonaga olib keta boshlashdi. Mendan oldin kirganlar negadir yig‘lab chiqishdi. Sababini so‘rasam o‘qishdan chetlashtirishgani hamda ariza yozdirishganini aytdi. O‘z navbatida meni ham chaqirishdi.

    Bir kishi o‘zini shu institutning rektori K.Orazimbetovman deb tanishtirdi. U yerda yana ikki kishi bor edi, ular o‘zlarini tanishtirmadi. Xullas, institut rektori meni o‘qishga qabul qilish jarayonida ish stajim uchun 1 ball yuqori qo‘yilganini, shu sababli men o‘qishga kira olmagan deb hisoblanishimni aytdi. O‘sha paytdagi ahvolimni so‘z bilan ta’riflay olmayman! Qanday savol bersam ham, bu yerda o‘qish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qiyinchiliklarimni aytsam ham so‘zida qat’iy turdi. Shu payt badiiy ijod bilan shug‘ullanishim, ko‘plab yutuqlarga erishganimni aytsam ham tinglashni xohlamadi.

    K. Orazimbetov hozir ariza yozsam to‘langan kontrakt pullarim qaytarib berilishini, iyun oyida suhbat orqali qaytadan 1-bosqichga o‘qishga qabul qilinishim mumkinligini bildirdi. Men axir unda 5 yil o‘qishim kerak-ku desam, yana maxsus sirtqi bo‘limda 3 yilda tugatib ketishim mumkinligini aytdi. Yig‘lab-yig‘lab o‘zimga kelib olish uchun tashqariga chiqmoqchi bo‘lsam, bitta kishi ariza yozmagunimcha chiqishga ruxsat etilmasligini aytib meni boshqa xonaga kirgizdi.

    O‘sha xonada ikki kishi bor edi. Bir kishi ‘o‘zbekcha yozishni xohlasang mana bunga qarab yozasan’ deb oldindan kompyuterda yozib qo‘yilgan qog‘ozni oldimga qo‘ydi. Hayajondan o‘zimga kelolmay turganim uchun ‘aytib turib yozdiraymi?’ dedi. Keyin yonimda turib yozdirdi. Yozib chiqib turmush o‘rtog‘imga bu haqda xabar berdim. Turmush o‘rtog‘im: ‘Arizangni qaytib ol, men seni keyingi yil qaytadan o‘qishga yubora olmayman’, dedi. Xullas, turmush o‘rtog‘imning gaplarini yaxshilab o‘ylab ko‘rib o‘zimga kelgach, arizani qaytib olish uchun o‘sha xonaga kirdim. Stol ustida qandaydir daftar ichida turgan arizani oldimu o‘sha xonadan chiqib ketdim, hech kimga hech nima demadim.

    Hurmatli Prezident! Biz 37 kishi o‘sha kuni Qoraqalpog‘istondagi xalq qabulxonangizga borib sizga ariza yozdik. U yerdagilar bizni tinglab yordam bo‘lishini aytishdi. Biz sabr qilolmadik, na uyquda, na biron ishimizda halovat bor. Shu sababli tezroq yordam olish maqsadida virtual qabulxonangizga murojaat qilishni lozim topdik. Iltimos, sizdan madad kutayotgan 37 kishidan yordamingizni ayamang”.

    Biz masalaga oydinlik kiritish uchun Nukus davlat pedagogika instituti rahbariyati bilan bog‘landik. O‘zini rektor yordamchisi deb tanishtirgan xodim bu masala yuzasidan institutning huquqshunosi batafsil javob berishini aytdi. Huquqshunos Iskander Murzambetovning ma’lum qilishicha, haqiqatan ham ko‘pchilik talabalar o‘qishdan chetlashtirilgan, lekin ularning soni xatda ko‘rsatilganidek 37 nafar emas, 34 nafar. Ularning hammasi turli sabablarga ko‘ra talabalar safidan chiqarilgan.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    — O‘zi shundoq ham chekka hududlarda o‘qituvchilar yetishmayapti. Maxsus sirtqi ta’lim tizimi ham aynan shu muammoni bartaraf qilish uchun yo‘lga qo‘yildi. Shunday paytda o‘qib turgan talabalarni chetlashtirishdan maqsad nima? Axir o‘zlaringiz o‘sha xato deya ta’kidlangan hujjatlarni qabul qilib, yana shu asosda talabalar safidan chetlashtirayapsizlar-ku? — so‘raymiz undan.

    — Biz ham bu muammoni yaxshi tushunamiz. Ammo bu talabalarni chetlashtirish institut tashabbusi bilan bo‘lgani yo‘q. 2017-o‘quv yiliga qabul jarayoni yakunlanganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan institutimiz faoliyati, xususan, qabul jarayoniga oid hujjatlar taftish qilindi. Tekshiruv besh oy davom etdi. Qabul qilinganlar ta’lim jarayoniga qatnashgani sababi shu — bu davrda hali taftish yakuniga yetmagandi. Tekshiruv natijasida 34 talabaning hujjatlarida kamchiliklar aniqlandi, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilar surishtirilmoqda.

    Aynan shu taftish xulosalariga ko‘ra prokuratura oliy ta’lim vazirligiga taqdimnoma kiritdi va vazirlik xulosa asosli bo‘lgani uchun bu talabalarni o‘qishdan chetlashtirdi.

    — U holda kamchilik institut tomonidan ham yo‘l qo‘yilgani ayon bo‘ladi. Nega bu talabalarni chetlashtirmaslik choralari ko‘rilmadi?

    — Biz oliy ta’lim vazirligiga maxsus xat bilan ham chiqdik. Bu talabalarning ko‘pchiligi uzoq tumanlardan kelishini, hududlarimizda o‘qituvchilar yetishmasligini batafsil tushuntirdik. Ammo buyruq o‘zgartirilmadi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Vaziyatni o‘rganish jarayonida hamma o‘zicha haq tuyuladi. Ammo har qanday holatda ham tekshiruv abituriyentning talabalikka qabul qilinguniga qadar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emasmi? Mutasaddilar yo‘l qo‘ygan kamchilik tufayli talabani aybdor qilib, o‘qishdan chetlashtirishni qanday tushunish mumkin?

    23.05.2018, 20:55   Izoh (0)   26497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergeli tumanida chaqaloqlar va bolalar o‘limi ko‘paygani qayd etildi

    23.05.2018, 20:40

    Bojxona qo‘mitasi har chorakda 30 kg dan ortiq shaxsiy foydalanish uchun boj olinmaydigan xaridlarni cheklamaslikka qaror qildi

    23.05.2018, 20:11

    Andijonda tadbirkorlarga 3 foizlik imtiyozli kreditlar beriladi

    23.05.2018, 17:30

    Farg‘onada maktab o‘quvchisi tengdoshini pichoqladi

    23.05.2018, 17:26

    O‘zbekistonda maktab formasini yaratish uchun Janubiy Koreya kompaniyalari jalb etiladi

    23.05.2018, 17:19

    Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali talabalari Shavkat Mirziyoyevga shartnoma puli borasida murojaat yo‘lladi

    23.05.2018, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.