Toshkent chetida uch oy muqaddam yo‘qolgan Abror Style go‘zallik saloni xodimasining parchalangan tanasi topildi. Qoldiqlar Chirchiq daryosidan chiqdi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Sergeli tumanida 16-fevralda Nodira Mirzayeva g‘oyib bo‘lgan edi. Hamkasblari u notanish ayol bilan chiqib ketganini ma’lum qilgan edi.
Amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida u o‘sha kuni Sergelida propiskada turuvchi, ammo vaqtinchalik Quyichirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Matluba Abdullayeva bilan chiqib ketgani aniqlandi. Abdullayevaning uyida ular janjallashib qolgan, shundan so‘ng u qizni o‘ldirib qo‘ygan. Shuningdek, Abdulleva jahl ustida qizning yuziga sirka kislotasi sepgani, pichoq bilan yuziga va bo‘yniga zarba bergani, so‘ng tanasini bolta bilan parchalagani ma’lum bo‘ldi.
So‘ng ayol qurbonning tanasini Chirchiq daryosiga tashlab yuborgan.
Matluba Abdullayeva ayni paytda qo‘lga olingan va qasddan qotillik qilishda ayblanmoqda. Jinoyat motivlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)