Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 18-may kuni Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro shahridagi “Xo‘jamushkin” MFYda joylashgan “Umar ibn Xattob” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Masjidning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga borib tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Diniy tashkilot a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularga O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni va soha faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ustav talablariga rioya qilish shartlari tushuntirildi.

Mazkur diniy tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilishi o‘sha hududda noan’anaviy diniy oqimlarning yoyilib ketishini oldini olishga, aholining, ayniqsa, yoshlarning turli xil diniy oqimlarning ta’siriga tushib qolishidan saqlashga xizmat qiladi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi